O'zbekiston va Qirg'iziston 2026–2028 yillarga mo'ljallangan Harakat rejasini qabul qilib, bir qator muhim hamkorlik shartnomalarini imzoladi.
Bu muhim qadam ikki davlat o'rtasida bo'lib o'tgan biznes forumida qo'yildi. Forumda O'zbekistondan 115 nafar, Qirg'izistondan esa 95 nafar tadbirkor ishtirok etib, savdo va sanoat sohalaridagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalariga e'tibor qaratildi.
So'nggi o'n yillikda O'zbekiston va Qirg'iziston o'rtasidagi savdo hajmi sezilarli darajada oshdi. Xususan, bu davrda savdo aylanmasi yetti barobardan ko'proqqa ko'payib, hozirda 1,2 milliard dollarni tashkil etmoqda.
Ikki mamlakat yillik savdo aylanmasini 2 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan. Bu haqda Daryo nashri xabar berdi.

