O'zbekiston yangi global sun'iy intellekt tashkilotining hammuassisi bo'ldi.

O'zbekiston Shanxayda tashkil etilgan Butunjahon sun'iy intellekt hamkorlik tashkiloti (WAICO)ning ta'sischi a'zosi sifatida qariyb 30 ta davlat qatoridan joy oldi. Bu harakat mamlakatning sun'iy intellekt sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan muhim qadamidir.

WAICOning asosiy maqsadi sun'iy intellektni rivojlantirish, texnologiya almashinuvi va global boshqaruv bo'yicha xalqaro hamkorlikni kuchaytirishdan iborat. Tashkilot global miqyosda sun'iy intellekt salohiyatidan samarali foydalanish va uning rivojlanishini muvofiqlashtirishga yordam beradi.

Ushbu tashabbus orqali O'zbekiston sun'iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish va bu sohadagi global standartlarni shakllantirishda faol ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ladi. Bu haqda Daryo nashri xabar berdi.