FIFA'ning Jahon chempionati ulushlarini sotish rejasi global norozilikka sabab bo'lmoqda.
FIFA Jahon chempionati va boshqa tadbirlarni boshqarish uchun 20 milliard dollarlik tijorat sho‘ba korxonasi tashkil etishni taklif qilmoqda. Ushbu yangi korxona orqali tashqi investorlarga 20 foizgacha ulush sotish rejalashtirilgan.
Bu reja darhol keng ko‘lamli tanqidlarga uchradi. Yevropa futbolini boshqaruvchi organ bo‘lmish UEFA ushbu taklifni keskin qoralab chiqdi.
Xabarlarga ko‘ra, agar FIFA o‘z taklifini amalga oshirsa, Yevropa davlatlari FIFA musobaqalarini boykot qilishi mumkin. Bu esa xalqaro futbol taqvimi va kelajakdagi yirik turnirlarning taqdiriga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.
Mazkur masala futbol olamida keskin munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Ushbu ma’lumotlar The National nashri tomonidan keltirilgan.

